Тариф: 7500 сум
image 2022-11-29

Tanqid

Siz foto suratlarda koʼrib turgan holat togʼli hududlarimizdan birida joylashgan dam olish maskanlarining chiqindixonasida suratga olingan. 

Shuncha ovqat va nonlarni isrof qilamiz, ammo koʼchadagi itlarga va boshpanasiz mushuklarga yordam berish kelganida bizda imkoniyat yoʼq. Bizda aslida imkoniyat bor, ammo mehr yoʼq. 

Ular bizga ozor bermasa ham nafratlanamiz, koʼchada ularning soni 3-4 tadan oshib qolsa oʼldirishlarini soʼrab murojaat qilamiz. Oʼzingiz bir oʼylab koʼring shu qoldiq ovqatlarni savob uchun boshpanasiz hayvonlarni boqadigan maskanlarga yetkazib bersa boʼladiku. Uerda bu ovqatlarga muhtoj itlar, mushuklar va boshqa hayvonlar qancha. 

Biz holatga xulosani oʼzimiz yakunlagimiz kelmadi. Xulosa esa sizdan...