{"id":10241,"date":"2026-06-09T10:20:22","date_gmt":"2026-06-09T10:20:22","guid":{"rendered":"https:\/\/maxsustrans.uz\/?p=10241"},"modified":"2026-07-10T07:42:43","modified_gmt":"2026-07-10T07:42:43","slug":"%d0%be%d0%b1%d1%81%d1%83%d0%b6%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%b2%d0%be%d0%bf%d1%80%d0%be%d1%81%d1%8b-%d1%8d%d0%ba%d0%be%d0%bb%d0%be%d0%b3%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81%d0%ba%d0%be%d0%b9-%d1%81%d1%82%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/%d0%be%d0%b1%d1%81%d1%83%d0%b6%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%b2%d0%be%d0%bf%d1%80%d0%be%d1%81%d1%8b-%d1%8d%d0%ba%d0%be%d0%bb%d0%be%d0%b3%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81%d0%ba%d0%be%d0%b9-%d1%81%d1%82%d0%b0\/","title":{"rendered":"Ekologik barqarorlik, qishga tayyorgarlik va yong\u2018in xavfsizligi masalalari muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida yig\u2018ilish bo\u2018lib o\u2018tdi.Yig\u2018ilishda ekologik vaziyat barqarorligini ta\u2019minlash, jumladan, chiqindilarni qayta ishlash masalalari atroflicha ko\u2018rib chiqildi, qish mavsumiga tayyorgarlik bo\u2018yicha mutasaddilarning hisobotlari tinglandi. Dastlab Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo\u2018yicha Maxsus komissiyaning hisoboti eshitildi. Havoning ifloslanishiga qarshi kurashish, ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo\u2018yicha ko\u2018rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Ta\u2019kidlanganidek, so\u2018nggi kunlarda mamlakatimiz hududi uzra sovuq antitsiklon ta\u2019siri kuchaymoqda. Natijada atmosfera bosimi ko\u2018tariladi, harorat pasayadi va inversion hodisalar kuchayadi. Bunday sharoitda mayda zarrachalar yuqoriga ko\u2018tarilmaydi va havoning pastki qatlamlarida to\u2018planadi. Qayd etilganidek, meteorologik sharoitlar tufayli atmosferaning tabiiy tozalanishi sekinlashmoqda.Havo ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash va ularning faoliyatini cheklash bo\u2018yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma\u2019lumot berildi. <\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xususan, issiqxona xo\u2018jaliklari, qurilish maydonlari, avtotransport vositalari va noqonuniy faoliyat yurituvchi ob\u2019ektlar tekshirildi; ko\u2018chalarni namlash, ariqlarni tozalash, favvoralarni ishga tushirish kabi barqarorlashtirish choralari amalga oshirildi. Reydlar va profilaktik tadbirlar kuchaytirilgan tartibda davom etmoqda. Prezidentimiz bu tadbirlarni nafaqat poytaxtda, balki hududlarda ham davom ettirib, aniqlangan qonunbuzilish holatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish, havo sifatiga ta\u2019sir etuvchi barcha omillarni qat\u2019iy nazoratga olish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berdi. Oltita hududda - Andijon, Namangan, Farg\u2018ona, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida 933 million dollarlik maishiy chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihalari boshlangan bo\u2018lsa-da, boshqa hududlarda bu borada jiddiy siljishlar kuzatilmayapti. <\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Boshlangan loyihalarda investorlarni yo\u2018l, elektr energiyasi, suv ta\u2019minoti kabi infratuzilma bilan ta\u2019minlash ishlari talab darajasida tashkil etilmagan. Viloyat hokimliklari va Milliy ekologiya qo\u2018mitasiga mavjud kamchiliklarni bartaraf etib, kelgusi yilda qolgan hududlarda ham shunday loyihalarni ishga tushirish vazifasi qo\u2018yildi. 2030 yilgacha qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini 50 foizga qisqartirish rejalashtirilgan. So\u2018nggi yillarda 47 ta poligon faoliyati to\u2018xtatilib, rekultivatsiya qilinib, 243 gektar yer tabiatga qaytarildi. Lekin, mavjud 132 ta poligonning aksariyatida himoya to\u2018siqlari, \"yashil belbog\u2018lar,\" suv ta\u2019minoti va ekologik xavfsizlik obyektlari haligacha mavjud emas. <\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2013 Bu atrof-muhitga salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatib, aholining noroziligiga sabab bo\u2018lmoqda. Shuning uchun qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini ekologik xavfsiz hududlarga aylantirish zarur. Avvalo, bu sohada odamlarni rozi qilishimiz kerak. Bu mavzuga nafaqat chiqindilarni boshqarish, balki sanoat, energetika va ekologik madaniyat bilan chambarchas bog\u2018liq yo\u2018nalish sifatida yondashish kerak, \u2013 dedi Prezident. Mutasaddilarga rekultivatsiya qilingan 47 ta poligon yerlarini xo\u2018jalik oborotiga kiritish, u yerda \"yashil hududlar\" tashkil etish va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo\u2018yicha topshiriqlar berildi. Barcha mavjud poligonlar atrofida \"yashil belbog\u2018\"ni shakllantirish, obyektlarning yarmida daraxt va ko\u2018chatlar ekishni bahorda, ikkinchi yarmida kuzda yakunlash zarur. 2026-yildan boshlab bu ishlar uchun har yili byudjetdan kamida 150 milliard so\u2018m ajratiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">So\u2018nggi ikki yilda ilgari qayta ishlanmagan sanoat va xavfli chiqindilarni qayta ishlash darajasi 4,5 foizga yetkazildi. Bu ko\u2018rsatkich yetarli emasligi qayd etildi. Sanoat va xavfli chiqindilar hosil bo\u2018ladigan va saqlanadigan joylarni xatlovdan o\u2018tkazib, ularni qayta ishlash va utilizatsiya qilish bo\u2018yicha kamida bittadan loyiha kiritish topshirildi. Shuningdek, xavfli chiqindilarni nazorat qilish bo\u2018yicha yagona axborot-monitoring platformasini yaratish bo\u2018yicha topshiriq berildi. Yig\u2018ilishda aholini imtiyozli shartlarda suyultirilgan gaz bilan ta\u2019minlashda kamchiliklar saqlanib qolayotgani, talon-toroj holatlari qayd etilayotgani ta\u2019kidlandi. \"Hududgazta\u2019minot\" tizimiga bunday holatlarni bartaraf etib, har bir tuman kesimida ishlab, aholi muammolarini hal etish bo\u2018yicha topshiriqlar berildi. <\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Eskirgan elektr tarmoqlari va ortiqcha yuklama bilan ishlayotgan transformatorlarni xatlovdan o\u2018tkazib, ularning barqaror ishlashini ta\u2019minlash bo\u2018yicha topshiriqlar berildi. 1800 kilometr elektr tarmoqlari sifatsiz ta\u2019mirlangani aniqlandi. Bosh prokuraturaga ushbu holatlarni o\u2018rganib, qonun ustuvorligini ta\u2019minlash, \"Energoinspeksiya\"ga esa nazorat faoliyatini yangicha yondashuvlar asosida qayta tashkil etib, favqulodda rejimda ishlashga o\u2018tish topshirildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qish mavsumida aholiga energiya resurslarini uzluksiz yetkazib berish zarurligi ta\u2019kidlandi. Yong\u2018in xavfsizligi masalalariga alohida to\u2018xtalib o\u2018tildi. Mamlakatimizdagi 44 mingdan ziyod ko\u2018p qavatli binolarning yong\u2018in xavfsizligi holatini to\u2018liq o\u2018rganib, favqulodda vaziyatlarga tayyor turish tizimi bo\u2018lishi zarurligi ta\u2019kidlandi. Qonun hujjatlariga binolarning tashqi devorlarida tez alangalanuvchi materiallardan foydalanishni taqiqlovchi qat\u2019iy talablarni kiritish zarurligi alohida ta\u2019kidlandi. Shu bois ko\u2018p qavatli uylarda qurilish normalari va yong\u2018in xavfsizligi qoidalarini xalqaro amaliyotga muvofiqlashtirish, mutasaddilarning mas\u2019uliyatini kuchaytirish bo\u2018yicha qonun loyihasini ishlab chiqish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kommunal xizmatlar ishini muvofiqlashtirish va favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. O\u2018tgan mavsum tajribasi asosida respublika bo\u2018yicha tumanlar kesimida ishchi guruhlar tuzib, barcha kommunal xizmatlar va boshqaruv servis kompaniyalarini FVV dispetcherlik tizimiga integratsiya qilish, uyma-uy borib profilaktika ishlarini kuchaytirish bo\u2018yicha topshiriqlar berildi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"682\" src=\"https:\/\/maxsustrans.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/photo_2025-12-02_09-32-14-1024x682.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-10243\" srcset=\"https:\/\/maxsustrans.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/photo_2025-12-02_09-32-14-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/maxsustrans.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/photo_2025-12-02_09-32-14-300x200.jpg 300w, https:\/\/maxsustrans.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/photo_2025-12-02_09-32-14-768x512.jpg 768w, https:\/\/maxsustrans.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/photo_2025-12-02_09-32-14-18x12.jpg 18w, https:\/\/maxsustrans.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/photo_2025-12-02_09-32-14.jpg 1280w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"682\" src=\"https:\/\/maxsustrans.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/photo_2025-12-02_09-32-13-2-1024x682.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-10244\" srcset=\"https:\/\/maxsustrans.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/photo_2025-12-02_09-32-13-2-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/maxsustrans.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/photo_2025-12-02_09-32-13-2-300x200.jpg 300w, https:\/\/maxsustrans.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/photo_2025-12-02_09-32-13-2-768x512.jpg 768w, https:\/\/maxsustrans.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/photo_2025-12-02_09-32-13-2-18x12.jpg 18w, https:\/\/maxsustrans.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/photo_2025-12-02_09-32-13-2.jpg 1280w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u041f\u0440\u0438 \u041f\u0440\u0435\u0437\u0438\u0434\u0435\u043d\u0442\u0435 \u0420\u0435\u0441\u043f\u0443\u0431\u043b\u0438\u043a\u0438 \u0423\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u0430\u043d \u0428\u0430\u0432\u043a\u0430\u0442\u0435 \u041c\u0438\u0440\u0437\u0438\u0451\u0435\u0432\u0435 \u0441\u043e\u0441\u0442\u043e\u044f\u043b\u043e\u0441\u044c \u0441\u043e\u0432\u0435\u0449\u0430\u043d\u0438\u0435.\u041d\u0430 \u0441\u043e\u0432\u0435\u0449\u0430\u043d\u0438\u0438 \u043f\u043e\u0434\u0440\u043e\u0431\u043d\u043e \u0440\u0430\u0441\u0441\u043c\u043e\u0442\u0440\u0435\u043d\u044b \u0432\u043e\u043f\u0440\u043e\u0441\u044b \u043e\u0431\u0435\u0441\u043f\u0435\u0447\u0435\u043d\u0438\u044f \u0441\u0442\u0430\u0431\u0438\u043b\u044c\u043d\u043e\u0441\u0442\u0438 \u044d\u043a\u043e\u043b\u043e\u0433\u0438\u0447\u0435\u0441\u043a\u043e\u0439 \u0441\u0438\u0442\u0443\u0430\u0446\u0438\u0438, \u0432 \u0442\u043e\u043c \u0447\u0438\u0441\u043b\u0435 \u043f\u0435\u0440\u0435\u0440\u0430\u0431\u043e\u0442\u043a\u0438 \u043e\u0442\u0445\u043e\u0434\u043e\u0432, \u0437\u0430\u0441\u043b\u0443\u0448\u0430\u043d\u044b \u043e\u0442\u0447\u0435\u0442\u044b \u043e\u0442\u0432\u0435\u0442\u0441\u0442\u0432\u0435\u043d\u043d\u044b\u0445 \u043b\u0438\u0446 \u043e \u043f\u043e\u0434\u0433\u043e\u0442\u043e\u0432\u043a\u0435 \u043a \u0437\u0438\u043c\u043d\u0435\u043c\u0443 \u0441\u0435\u0437\u043e\u043d\u0443. \u0412 \u043d\u0430\u0447\u0430\u043b\u0435 \u0431\u044b\u043b \u0437\u0430\u0441\u043b\u0443\u0448\u0430\u043d \u043e\u0442\u0447\u0435\u0442 \u0421\u043f\u0435\u0446\u0438\u0430\u043b\u044c\u043d\u043e\u0439 \u043a\u043e\u043c\u0438\u0441\u0441\u0438\u0438 \u043f\u043e \u0443\u043b\u0443\u0447\u0448\u0435\u043d\u0438\u044e \u044d\u043a\u043e\u043b\u043e\u0433\u0438\u0447\u0435\u0441\u043a\u043e\u0439 \u0441\u0438\u0442\u0443\u0430\u0446\u0438\u0438 \u0432 \u0433\u043e\u0440\u043e\u0434\u0435 \u0422\u0430\u0448\u043a\u0435\u043d\u0442\u0435. \u041e\u0431\u0441\u0443\u0436\u0434\u0435\u043d\u044b \u043f\u0440\u0438\u043d\u0438\u043c\u0430\u0435\u043c\u044b\u0435 \u043c\u0435\u0440\u044b \u043f\u043e \u0431\u043e\u0440\u044c\u0431\u0435 \u0441 \u0437\u0430\u0433\u0440\u044f\u0437\u043d\u0435\u043d\u0438\u0435\u043c \u0432\u043e\u0437\u0434\u0443\u0445\u0430, \u0432\u044b\u044f\u0432\u043b\u0435\u043d\u0438\u044e \u0438\u0441\u0442\u043e\u0447\u043d\u0438\u043a\u043e\u0432 \u0437\u0430\u0433\u0440\u044f\u0437\u043d\u0435\u043d\u0438\u044f [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":10242,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-10241","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-uncategorized"],"acf":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10241","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10241"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10241\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":11197,"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10241\/revisions\/11197"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/10242"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10241"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10241"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10241"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}