{"id":11356,"date":"2026-07-21T05:54:30","date_gmt":"2026-07-21T05:54:30","guid":{"rendered":"https:\/\/maxsustrans.uz\/?p=11356"},"modified":"2026-07-21T05:57:44","modified_gmt":"2026-07-21T05:57:44","slug":"%d0%be%d1%84%d0%b8%d1%86%d0%b8%d0%b0%d0%bb%d1%8c%d0%bd%d0%be%d0%b5-%d1%80%d0%b0%d0%b7%d1%8a%d1%8f%d1%81%d0%bd%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-11","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/%d0%be%d1%84%d0%b8%d1%86%d0%b8%d0%b0%d0%bb%d1%8c%d0%bd%d0%be%d0%b5-%d1%80%d0%b0%d0%b7%d1%8a%d1%8f%d1%81%d0%bd%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-11\/","title":{"rendered":"RASMIY MUNOSABAT"},"content":{"rendered":"<p class=\"wp-block-paragraph\">Ijtimoiy tarmoqlar, xususan Kun.uz internet nashrida Ohangaron tumanida joylashgan qattiq maishiy chiqindilar poligoni faoliyatiga oid tarqatilgan videomurojaatda poligonda chiqindilar ataylab yoqilayotgani hamda buning natijasida atrof-muhit va aholi salomatligiga zarar yetkazilayotgani haqida asossiz da\u2019volar bildirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma\u2019lum qilamiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Avvalo, qattiq maishiy chiqindilarni ataylab yoqish poligon faoliyatining texnologik jarayoniga kirmaydi va bunday harakatdan korxona uchun hech qanday iqtisodiy yoki texnologik manfaat mavjud emas. Aksincha, bu maxsus texnikalarning ishlash jarayoniga salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatadi, ekologik talablarga zid hisoblanadi hamda korxona uchun qo\u2018shimcha moliyaviy xarajatlarni keltirib chiqaradi. Shu munosabat bilan poligonda chiqindilarni ataylab yoqishga mutlaqo yo\u2018l qo\u2018yilmaydi.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2026 yil 11\u201312 iyul kunlari O\u2018zgidromet ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, respublika hududida anomal issiq ob-havo kuzatilib, havo harorati +42\u00b0C dan +46\u00b0C gacha ko\u2018tarilgan. Shuningdek, mazkur kunlarda shamol tezligi 3\u20138 m\/s ni tashkil etgan.\nYuqori harorat va quruq ob-havo ta\u2019sirida poligondagi chiqindilar qatlamida ichki qizish jarayonlari kuchayib, 2026 yil 11 iyul kuni ayrim nuqtalarda o\u2018z-o\u2018zidan tutashish (yong\u2018in) holati yuzaga kelgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ijtimoiy tarmoqlarda yong\u2018in balandligi 300 metrga yetgani haqida bildirilgan ma\u2019lumotlar haqiqatga mutlaqo to\u2018g\u2018ri kelmaydi. Qiyoslash uchun, 300 metr balandlik o\u2018rtacha 10 (o\u2018nta) 9 qavatli turar joy binosi balandligiga teng hisoblanadi. Aslida esa, tutashish o\u2018chog\u2018ida kuzatilgan alanga balandligi taxminan 50-70 santimetrni tashkil etgan. Ushbu holat  internet nashrida tarqatilgan videomurojaatda xam yaqqol aks etgan.\nTutashish holati aniqlanishi bilan maxsus texnikalar va mas\u2019ul xodimlar zudlik bilan jalb etildi. Yong\u2018in o\u2018choqlari tuproq bilan qoplanib, chiqindilar zichlandi hamda holat o\u2018sha kunning o\u2018zida to\u2018liq bartaraf etildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Poligonda chiqindilarni joylashtirish va zichlash ishlari doimiy ravishda ikki 60 tonnalik temir tishli kompaktor yordamida amalga oshiriladi. Mazkur texnikalar ikki smenada uzluksiz faoliyat yuritadi. Ish jarayonini to\u2018xtatmaslik maqsadida ularga yoqilg\u2018i maxsus xizmat motorolleri orqali to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri poligon hududiga yetkazib beriladi.\nShu sababli ijtimoiy tarmoqlarda bildirilganidek, poligon hududiga yoqilg\u2018i chiqindilarni yoqish maqsadida olib kirilayotgani haqidagi da\u2019volar haqiqatga to\u2018g\u2018ri kelmaydi. Yoqilg\u2018i faqat maxsus texnikalarning uzluksiz ishlashini ta\u2019minlash uchun mo\u2018ljallangan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-full\"><img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" width=\"957\" height=\"548\" src=\"https:\/\/maxsustrans.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/photo_2026-07-20_16-57-31.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-11357\" srcset=\"https:\/\/maxsustrans.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/photo_2026-07-20_16-57-31.jpg 957w, https:\/\/maxsustrans.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/photo_2026-07-20_16-57-31-300x172.jpg 300w, https:\/\/maxsustrans.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/photo_2026-07-20_16-57-31-768x440.jpg 768w, https:\/\/maxsustrans.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/photo_2026-07-20_16-57-31-18x10.jpg 18w\" sizes=\"(max-width: 957px) 100vw, 957px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kompaktorlar yuqori quvvatli, har biri 60 tonna og\u2018irlikka ega maxsus texnikalar bo\u2018lib, o\u2018rtacha har soatda 60 litrgacha dizel yoqilg\u2018isini sarflaydi. Ularni poligon hududidan tashqariga chiqarish ortiqcha vaqt va yoqilg\u2018i sarfiga sabab bo\u2018ladi. Shu bois mazkur texnikalar faqat texnik nosozlik yuzaga kelganda yoki rejali texnik xizmat ko\u2018rsatish zarurati tug\u2018ilgan holatdagina ta\u2019mirlash maydoniga olib chiqiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bundan tashqari, mazkur texnikalar temir tishli kompaktorlar va zanjirli buldozerlar bo\u2018lganligi sababli, ularni poligon hududiga tez-tez olib kirish va olib chiqish ichki texnologik yo\u2018llar qoplamasining shikastlanishiga, qo\u2018shimcha ekspluatatsiya xarajatlarining yuzaga kelishiga hamda ish jarayonining uzilishiga sabab bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shuni alohida ta\u2019kidlash lozimki, qattiq maishiy chiqindilar tarkibida aholi tomonidan saralanmagan holda turli bosim ostidagi aerozol idishlari (dezodorant, lak, bo\u2018yoq, maishiy kimyoviy vositalar ballonlari), gaz ballonchalari, yonuvchan suyuqliklar qoldiqlari, erituvchilar hamda boshqa xavfli (tez yonuvchan) chiqindilar ham tashlanadi. Yuqori harorat ta\u2019sirida ushbu chiqindilar ichida kimyoviy reaksiyalar yuz berishi, metan gazining ajralishi hamda o\u2018z-o\u2018zidan tutashish holatlari sodir bo\u2018lishi xalqaro amaliyotda ham uchraydigan tabiiy-texnologik jarayon hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan fikrlardan farqli ravishda, aholi yashash xonadonlari poligon bilan tutash hududda joylashmagan. Poligon Ohangaron tumanining \u00abYangihayot\u00bb mahalla fuqarolar yig\u2018ini hududida joylashgan bo\u2018lib, poligondan eng yaqin aholi yashash hududigacha bo\u2018lgan masofa taxminan 4\u20135 kilometrni tashkil etadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ta\u2019kidlash joizki, bunday holatlar faqat Ohangaron poligoniga xos emas. So\u2018nggi vaqtlarda havo haroratining keskin oshishi natijasida qattiq maishiy chiqindilar poligonlarida o\u2018z-o\u2018zidan tutashish holatlari Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston, Tojikiston Respublikalarida, shuningdek O\u2018zbekistonning ayrim hududlaridagi poligonlarda ham kuzatilgan. Bu esa mazkur holatlar chiqindilarni ataylab yoqish bilan emas, balki yuqori harorat, chiqindilar tarkibidagi yonuvchan materiallar, biologik parchalanish jarayonida ajralib chiqadigan metan gazi hamda boshqa tabiiy-texnologik omillar ta\u2019sirida yuzaga kelishi mumkinligini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Fuqarolar va ommaviy axborot vositalari vakillaridan tasdiqlanmagan ma\u2019lumotlarni tarqatmaslikni hamda bu kabi masalalar yuzasidan faqat rasmiy manbalar axborotlariga tayanishni so\u2018raymiz.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u0412 \u0441\u043e\u0446\u0438\u0430\u043b\u044c\u043d\u044b\u0445 \u0441\u0435\u0442\u044f\u0445, \u0432 \u0447\u0430\u0441\u0442\u043d\u043e\u0441\u0442\u0438 \u0432 \u0438\u043d\u0442\u0435\u0440\u043d\u0435\u0442-\u0438\u0437\u0434\u0430\u043d\u0438\u0438 Kun.uz, \u0431\u044b\u043b \u0440\u0430\u0441\u043f\u0440\u043e\u0441\u0442\u0440\u0430\u043d\u0451\u043d \u0432\u0438\u0434\u0435\u043e\u043c\u0430\u0442\u0435\u0440\u0438\u0430\u043b, \u043a\u0430\u0441\u0430\u044e\u0449\u0438\u0439\u0441\u044f \u0434\u0435\u044f\u0442\u0435\u043b\u044c\u043d\u043e\u0441\u0442\u0438 \u043f\u043e\u043b\u0438\u0433\u043e\u043d\u0430 \u0442\u0432\u0451\u0440\u0434\u044b\u0445 \u0431\u044b\u0442\u043e\u0432\u044b\u0445 \u043e\u0442\u0445\u043e\u0434\u043e\u0432, \u0440\u0430\u0441\u043f\u043e\u043b\u043e\u0436\u0435\u043d\u043d\u043e\u0433\u043e \u0432 \u0410\u0445\u0430\u043d\u0433\u0430\u0440\u0430\u043d\u0441\u043a\u043e\u043c \u0440\u0430\u0439\u043e\u043d\u0435. \u0412 \u0434\u0430\u043d\u043d\u043e\u043c \u043c\u0430\u0442\u0435\u0440\u0438\u0430\u043b\u0435 \u0441\u043e\u0434\u0435\u0440\u0436\u0430\u0442\u0441\u044f \u043d\u0435\u043e\u0431\u043e\u0441\u043d\u043e\u0432\u0430\u043d\u043d\u044b\u0435 \u0443\u0442\u0432\u0435\u0440\u0436\u0434\u0435\u043d\u0438\u044f \u043e \u0442\u043e\u043c, \u0447\u0442\u043e \u043e\u0442\u0445\u043e\u0434\u044b \u043d\u0430 \u043f\u043e\u043b\u0438\u0433\u043e\u043d\u0435 \u044f\u043a\u043e\u0431\u044b \u0443\u043c\u044b\u0448\u043b\u0435\u043d\u043d\u043e \u043f\u043e\u0434\u0436\u0438\u0433\u0430\u044e\u0442\u0441\u044f, \u0432\u0441\u043b\u0435\u0434\u0441\u0442\u0432\u0438\u0435 \u0447\u0435\u0433\u043e \u043d\u0430\u043d\u043e\u0441\u0438\u0442\u0441\u044f \u0432\u0440\u0435\u0434 \u043e\u043a\u0440\u0443\u0436\u0430\u044e\u0449\u0435\u0439 \u0441\u0440\u0435\u0434\u0435 \u0438 \u0437\u0434\u043e\u0440\u043e\u0432\u044c\u044e \u043d\u0430\u0441\u0435\u043b\u0435\u043d\u0438\u044f. \u041f\u043e \u0434\u0430\u043d\u043d\u043e\u043c\u0443 \u0444\u0430\u043a\u0442\u0443 \u0441\u043e\u043e\u0431\u0449\u0430\u0435\u043c \u0441\u043b\u0435\u0434\u0443\u044e\u0449\u0435\u0435. \u041f\u0440\u0435\u0436\u0434\u0435 \u0432\u0441\u0435\u0433\u043e, \u0443\u043c\u044b\u0448\u043b\u0435\u043d\u043d\u043e\u0435 \u0441\u0436\u0438\u0433\u0430\u043d\u0438\u0435 \u0442\u0432\u0451\u0440\u0434\u044b\u0445 [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":10477,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-11356","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-uncategorized"],"acf":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11356","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11356"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11356\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":11362,"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11356\/revisions\/11362"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/10477"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11356"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11356"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11356"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}