{"id":9998,"date":"2026-06-08T11:52:16","date_gmt":"2026-06-08T11:52:16","guid":{"rendered":"https:\/\/maxsustrans.uz\/?p=9998"},"modified":"2026-07-14T11:38:57","modified_gmt":"2026-07-14T11:38:57","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%b5%d0%ba%d1%82%d1%8b-%d0%bf%d0%be-%d0%bf%d0%b5%d1%80%d0%b5%d1%80%d0%b0%d0%b1%d0%be%d1%82%d0%ba%d0%b5","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%b5%d0%ba%d1%82%d1%8b-%d0%bf%d0%be-%d0%bf%d0%b5%d1%80%d0%b5%d1%80%d0%b0%d0%b1%d0%be%d1%82%d0%ba%d0%b5\/","title":{"rendered":"Chiqindilarni qayta ishlash loyihalari taqdimot qilindi"},"content":{"rendered":"<p class=\"wp-block-paragraph\">Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-avgust kuni chiqindilarni qayta ishlashni kengaytirish chora-tadbirlari bo\u2018yicha taqdimot bilan tanishdi. Mamlakat ravnaqi va aholi salomatligi uchun muhim bo\u2018lgan ushbu sohada zamonaviy yondashuvlar joriy etilmoqda. So\u2018nggi uch yilda barcha manbalar hisobidan 2 trillion so\u2018mdan ziyod mablag\u2018 yo\u2018naltirildi. O\u2018tgan yili Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Chiqindi bilan shug\u2018ullanuvchi korxonalar uchun 1 ming 200 ta yangi texnika xarid qilindi. Mahallalarda chiqindi yig\u2018ish maydonchalari qurildi. Yig\u2018ish va tashish tizimi yaxshilangani tufayli soha ikkilamchi xomashyo manbayiga aylandi. Ilgari davlat monopoliyasida bo\u2018lgan soha tadbirkorlik uchun ochildi, qulay biznes muhiti yaratildi. Xususan, sanitar tozalash va qayta ishlash korxonalari uchun foyda solig\u2018i va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilandi. Xorijdan keltiriladigan texnika va uskunalar bojxona bojidan ozod qilingan. Natijada 200 ga yaqin sanitar tozalash va 290 ta qayta ishlash korxonalari tashkil etildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Taqdimotda mutasaddilar loyihalar ijrosi va istiqboldagi rejalar yuzasidan axborot berdi. Mamlakatda yiliga 14 million tonna maishiy chiqindilar hosil bo\u2018lsa-da, ularni qayta ishlash darajasi pastligicha qolmoqda. Oxirgi yillardagi loyihalar tufayli bu ko\u2018rsatkich 5 foizga yetdi. Chiqindilarni yoqish orqali energiya ishlab chiqarish loyihalari qo\u2018llab-quvvatlanmoqda. Xitoylik investorlar oltita hududda shunday zavodlar qurmoqda. Davlat nafaqat chiqindilarni utilizatsiya qilish uchun haq to\u2018lash, balki ishlab chiqarilgan energiyani ham sotib olish majburiyatini oladi. Yaqinda Toshkent shahrida tibbiyot chiqindilarini yoqib, issiqlik energiyasi olish bo\u2018yicha ikkita korxona ishga tushirildi. Samarqandda yana ikkita, qolgan hududlarda bittadan shunday zavod qurish rejalashtirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Maishiy chiqindilarning to\u2018rtdan bir qismini qog\u2018oz, plastmassa, rezina, shisha, to\u2018qimachilik chiqindilari tashkil etadi. Ularni qayta ishlash orqali 1 trillion so\u2018mlik xomashyo olish mumkin. Bundan tashqari, mamlakatda qurilish, kimyoviy, elektron, texnik chiqindilar va sanoat moylarini qayta ishlash sohasida ham salmoqli salohiyat mavjud. Chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati aholi talabiga javob berishi kerakligi ta\u2019kidlandi. Shu bois chiqindi tashish mashinalarining har bir mahallaga yetib borish vaqti va yo\u2018nalishini onlayn kuzatish imkoniyatini yaratish vazifasi qo\u2018yildi. Ijtimoiy muassasalar va mahallalarni chiqindi konteynerlari bilan to\u2018liq ta\u2019minlash bo\u2018yicha ikki yillik dastur ishlab chiqish vazifasi qo\u2018yildi. Jamiyatda ekologik madaniyatni bog\u2018cha va maktablardan boshlab shakllantirish muhimligi qayd etildi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u041f\u0440\u0435\u0437\u0438\u0434\u0435\u043d\u0442 \u0428\u0430\u0432\u043a\u0430\u0442 \u041c\u0438\u0440\u0437\u0438\u0451\u0435\u0432 14 \u0430\u0432\u0433\u0443\u0441\u0442\u0430 \u043e\u0437\u043d\u0430\u043a\u043e\u043c\u0438\u043b\u0441\u044f \u0441 \u043f\u0440\u0435\u0437\u0435\u043d\u0442\u0430\u0446\u0438\u0435\u0439 \u043e \u043c\u0435\u0440\u0430\u0445 \u043f\u043e \u0440\u0430\u0441\u0448\u0438\u0440\u0435\u043d\u0438\u044e \u043f\u0435\u0440\u0435\u0440\u0430\u0431\u043e\u0442\u043a\u0438 \u043e\u0442\u0445\u043e\u0434\u043e\u0432. \u0412 \u044d\u0442\u043e\u0439 \u0441\u0444\u0435\u0440\u0435, \u0438\u043c\u0435\u044e\u0449\u0435\u0439 \u0431\u043e\u043b\u044c\u0448\u043e\u0435 \u0437\u043d\u0430\u0447\u0435\u043d\u0438\u0435 \u0434\u043b\u044f \u0431\u043b\u0430\u0433\u043e\u0443\u0441\u0442\u0440\u043e\u0439\u0441\u0442\u0432\u0430 \u0441\u0442\u0440\u0430\u043d\u044b \u0438 \u043e\u0445\u0440\u0430\u043d\u044b \u0437\u0434\u043e\u0440\u043e\u0432\u044c\u044f \u043d\u0430\u0441\u0435\u043b\u0435\u043d\u0438\u044f, \u0432\u043d\u0435\u0434\u0440\u044f\u044e\u0442\u0441\u044f \u0441\u043e\u0432\u0440\u0435\u043c\u0435\u043d\u043d\u044b\u0435 \u043f\u043e\u0434\u0445\u043e\u0434\u044b. \u0417\u0430 \u043f\u043e\u0441\u043b\u0435\u0434\u043d\u0438\u0435 \u0442\u0440\u0438 \u0433\u043e\u0434\u0430 \u0438\u0437 \u0432\u0441\u0435\u0445 \u0438\u0441\u0442\u043e\u0447\u043d\u0438\u043a\u043e\u0432 \u043d\u0430\u043f\u0440\u0430\u0432\u043b\u0435\u043d\u043e \u0441\u0432\u044b\u0448\u0435 2 \u0442\u0440\u0438\u043b\u043b\u0438\u043e\u043d\u043e\u0432 \u0441\u0443\u043c\u043e\u0432. \u0412 \u043f\u0440\u043e\u0448\u043b\u043e\u043c \u0433\u043e\u0434\u0443 \u0441\u043e\u0437\u0434\u0430\u043d\u043e \u0410\u0433\u0435\u043d\u0442\u0441\u0442\u0432\u043e \u043f\u043e \u0443\u043f\u0440\u0430\u0432\u043b\u0435\u043d\u0438\u044e \u043e\u0442\u0445\u043e\u0434\u0430\u043c\u0438 \u0438 \u0440\u0430\u0437\u0432\u0438\u0442\u0438\u044e \u0446\u0438\u0440\u043a\u0443\u043b\u044f\u0440\u043d\u043e\u0439 \u044d\u043a\u043e\u043d\u043e\u043c\u0438\u043a\u0438. \u0414\u043b\u044f [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9999,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-9998","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-uncategorized"],"acf":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9998","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9998"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9998\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":11309,"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9998\/revisions\/11309"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9999"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9998"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9998"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/maxsustrans.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9998"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}