24.09.2025
Tuman filillarida debitor qarzdorliklarni undirish bo'yicha inspektorlarga topshiriq berildi.Bugungi kunda aholiga koʻrsatilayotgan xizmat sifatini oshirish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatish boʻyicha keng qamrovli mutlaqo yangi — “Toza makon” elektron billing tizimi ishga tushirildi. Respublika boʻyicha sohada faoliyat yuritayotgan korxonalarning chiqindi tashishga moʻljallangan texnikalari yagona “Toza makon” GPS elektron tizimiga ulanib, onlayn kuzatuv tizimi bilan taʼminlandi va yagona monitoring tizimiga birlashtirildi. Natijada maxsus texnikalarning hududlarda mahalla va chiqindi yigʻish maydonchalariga kirish-chiqish vaqtlari aniq hisoblanib, qattiq maishiy chiqindilarning oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi taʼminlandi va aholiga faqatgina koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirish imkoni yaratiladi.
© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК