Yosh: 18 yoshdan yuqori.
Ma’lumoti: O‘rta maxsus yoki o‘rta ma’lumotdan past bo‘lmasligi kerak.
Jismoniy holati: Hududda ishlash va inventarizatsiya tadbirlarida ishtirok etish uchun yetarli darajadagi salomatlik holati.
Shaxsiy fazilatlari:: Muloqotga kirishuvchanlik, Aholi bilan xushmuomalalik bilan muloqot qilish va tushuntirish ishlarini olib borish. Halollik va vijdonlilik. Murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyati.
Inspektorning asosiy vazifalari:
- Aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida undirilishi va maxsus hisob raqamiga o‘tkazilishini ta’minlasin.
- To‘plangan to‘lovlarni elektron tizimga to‘g‘ri kiritish.
- To‘lov xabarnomalari, reyestrlar va boshqa zarur hujjatlarni rasmiylashtirish.
- Yangi qurilgan uylar, qo‘shimcha yashovchilar, bo‘sh turgan va egasiz uylar haqida ma’lumot to‘plash va uni mutaxassisga taqdim etish.
- Biriktirilgan hududda tushuntirish ishlarini olib borish va qarzdorlikni undirish choralarini ko‘rish.
- Qarzi bor abonentlarga ogohlantirish xatlarini tarqatish.
- Har oyda uy xo‘jaliklarini xatlovdan o‘tkazish va debitorlik hamda kreditorlik qarzlarini tahlil qilish.
- To‘lovdan bo‘yin tovlagan abonentlar bo‘yicha hujjatlarni sudga topshirish uchun tayyorlash.
- Ish uchun berilgan moddiy-texnika vositalaridan shaxsiy maqsadlarda foydalanmaslik.
- Joriy va istiqbolli rejalarni ishlab chiqishda ishtirok etish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish.
- Yig‘ilgan to‘lovlarni har kuni to‘liq topshirish uchun moddiy javobgar bo‘lish.
- Kunlik va oylik tushumlar rejasining bajarilishini ta’minlash.
- Biriktirilgan hududda debitorlik qarzlari hisobini yuritish va ularning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish.
- Ko‘chalar, uylar va xonadonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarni shakllantirish.
- Biriktirilgan terminal va termoprinterning saqlanishini ta’minlash, ulardan belgilangan maqsadda foydalanish.
- Aholi sonini aniqlash bo‘yicha inventarizatsiya ishlarida ishtirok etish.
- Amaldagi qonunchilik doirasida boshqa zarur vakolatlarni amalga oshirish.
Ish sharoitlari:
- Ish bilan ta’minlash: O‘zR Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtirish.
- График: 6-дневный, с 8:30 - 17:30
- Ijtimoiy kafolatlar: Mehnatga o‘z vaqtida haq to‘lash, ta’til va kasallik varaqalari.