Skip to content

“MAXSUSTRANS” DUK

Instagram Telegram Youtube Facebook
Размер шрифта:
Цветовая схема:
Изображения:
O‘zbekcha
O‘zbekcha
Русский English
Ko‘zi ojizlar uchun versiya
ГУП "МАХСУСТРАНС"
O‘zbekcha
O‘zbekcha
Русский English
  • Xizmatlar
  • Korxona haqida
    • Biz haqimizda
    • Faoliyatning huquqiy asoslari
    • Tuzilma
    • Rahbariyat
    • Bo‘ysunuvchi korxonalar va filiallar
    • Qamrab olingan mahallalar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Qabul kunlari
    • Kasaba uyushmasi
    • Poligonlar haqida
    • Texnika
  • Matbuot
    • Yangiliklar
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Savollar va javoblar
  • Hujjatlar
    • O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 07.03.2025-yildagi O‘RQ-1044-son
    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 589-sonli qarori (16.09.2025-y.)
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-149-sonli Farmoni (26.09.2024-y.)
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5-sonli Farmoni (04.01.2024-y.)
    • Toshkent shahar hokimining qarori (04.01.2024-yildagi 3-14-0-Q/24-son)
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4925-sonli qarori (15.12.2020 y.)
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4291-son qarori
    • Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida 06.02.2019 yildagi 95-son Qarori
    • Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.10.2018 yildagi 787-son
  • Loyihalar
    • Auditorlik hisobotlari
    • Loyiha hujjatlari
    • Loyiha xaridlari
    • Tanlov natijalari haqida ma’lumot
    • АБР Loyiha
    • Doimiy hisobotlar
    • Tender savdolari
  • Ochiq ma'lumotlar
    • Ish rejasi
    • Shartnoma
    • Xizmat avtomobillari
    • Tender komissiyasi tarkibi
    • Xizmat safarlari ro‘yxati
    • Murojaatlar tahlili
    • Sayyor qabullar
    • Korrupsiyaga qarshi kurashish chora tadbirlari
  • Aloqa
Tarif QQS bilan 8,400 so'm

Toza shahar —
bizning vazifamiz!

Shaxsiy kabinet
Shaxsiy hisob raqamingizni biling.
O‘tish
Interaktiv xarita
Texnikalarni real vaqt rejimida kuzatib boring.
O‘tish
Eco Hisoblagich
Qayta ishlash orqali qancha resurslarni tejayotganingizni bilib oling.
O‘tish

Chiqindilarni saralash bo‘yicha qo‘llanma

Chiqindi turini tanlang va uni qaysi konteynerga tashlash kerakligini bilib oling.

Plastik

Qog‘oz

Shisha

Organik chiqindilar

Metall

So‘nggi yangiliklar

09/10/2026

Chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun tariflar qanday shakllantiriladi?

Maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmatlari tariflari xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning daromad va xarajatlari, shuningdek, xizmatlarni sifatli va uzluksiz tashkil etish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy asoslangan hisob-kitoblar asosida shakllantiriladi. Tariflarni shakllantirish va qo‘llash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-son qarori bilan tartibga solinadi.

Tariflar qanday xarajatlar asosida shakllantiriladi?

Tariflarni hisoblashda xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq quyidagi xarajatlar inobatga olinadi:

  • maxsus avtotransport vositalaridan foydalanish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash;
  • yoqilg‘i, ehtiyot qismlar va boshqa zarur materiallar xaridi;
  • xodimlarning mehnatiga haq to‘lash;
  • chiqindilarni yig‘ish, tashish va olib chiqish bilan bog‘liq xarajatlar;
  • xizmatlarni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ishlab chiqarish va ekspluatatsiya xarajatlari. Iqtisodiy jihatdan asoslangan tariflar korxonalarning zarur xarajatlarini qoplash hamda aholiga barqaror va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga xizmat qiladi.
  • Nima uchun hududlarda tariflar har xil?

Hududlar o‘rtasidagi tariflar farqi mahalliy sharoitlar va xizmatlarni tashkil etish xususiyatlari bilan bog‘liq. Jumladan, chiqindilar hajmi, tashish masofasi, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarining uzunligi, yo‘l infratuzilmasi, maxsus texnikalar soni va texnik holati, ish haqi hamda boshqa xarajatlar hisobga olinadi. Shu sababli turli hududlarda chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish xarajatlari bir-biridan farq qilishi mumkin. Bu esa tasdiqlanadigan tariflar miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi.

Tariflarni ishlab chiqishda inflyatsiya hisobga olinadimi?

Ha. Tariflarni hisoblash va qayta ko‘rib chiqishda xizmatlar tannarxiga ta’sir etuvchi iqtisodiy omillar, jumladan, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va boshqa zarur resurslar narxlarining o‘zgarishi hisobga olinadi. Mazkur xarajatlarning oshishi xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning umumiy xarajatlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bois tariflarni ko‘rib chiqishda amaldagi iqtisodiy sharoit, xarajatlarning asoslanganligi va korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash zarurati e’tiborga olinadi.

Bunda tariflar faqat inflyatsiya darajasi oshgani sababli avtomatik ravishda o‘zgarmaydi. Ularni o‘zgartirish amaldagi qonunchilik talablari va tegishli iqtisodiy hisob-kitoblar asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Normativ-huquqiy asos O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-son qarori.

08/10/2026

Chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi va poligon faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-sentabrdagi “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda mahallalar rolini kuchaytirish va hududlarning yashillik darajasini tubdan oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-206-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, hududlarda tozalik va ozodalikni ta’minlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida Bosh prokuror o‘rinbosari I. Adxamov hamda X. Mirsoatov Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi va Ohangaron tumanidagi chiqindilar poligoni faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, “Tozalik va ozodalik” dolzarb ikki oyligi doirasida chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish ishlarini yanada kuchaytirish, aholi yashash hududlarida barqaror sanitariya holatini ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Belgilangan vazifalar ijrosi hududlarda ekologik tozalikni ta’minlash, sanitariya holatini yaxshilash va aholi uchun qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi.

08/10/2026

Chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamang!

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, qurilish, maishiy va boshqa turdagi chiqindilar belgilangan tartibda to‘planishi, tashilishi va joylashtirilishi shart. Chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash taqiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 91-moddasiga ko‘ra, qattiq maishiy va qurilish chiqindilarini belgilanmagan joylarga tashlash, shuningdek, suyuq maishiy chiqindilarni oqizish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ushbu huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solinadi.

Ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan taqdirda fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solinadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 91-moddasida chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi talablarni, shu jumladan ularni to‘plash, tashish, joylashtirish, saqlash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash talablarini buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Shunday qilib, qurilish chiqindilari, maishiy chiqindilar va boshqa chiqindilarni yo‘l chetlariga, bo‘sh joylarga, umumiy foydalanishdagi hududlarga va buning uchun mo‘ljallanmagan boshqa joylarga tashlash qonunchilikni buzish hisoblanadi va belgilangan ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Fuqarolarga chiqindilarni faqat maxsus ajratilgan joylarga tashlash, qurilish chiqindilarini esa ularni olib chiqib ketish va keyinchalik qayta ishlash uchun tegishli vakolat va imkoniyatlarga ega bo‘lgan tashkilotlarga topshirish tavsiya etiladi.

07/10/2026

Dual ta’lim: nazariya va amaliyot

Ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va dual ta’lim tizimini samarali tashkil etish maqsadida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining «Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi» kafedrasida tahsil olayotgan yosh ekolog talabalar uchun korxonada amaliy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda. Dual ta’lim jarayonida talabalar universitetda olgan nazariy bilimlarini bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan uyg‘unlashtirib, sohadagi amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlamoqdalar. Mashg‘ulotlar davomida chiqindilarni atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish, sanitariya va ekologik talablarga rioya etish kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha tushunchalar berib borilmoqda.

Navbatdagi o‘quv mashg‘ulotida korxona bosh inspektori Ismoil Sagdullayev talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, chiqindilarni boshqarish sohasida uchraydigan amaliy masalalar, ish jarayonida ekologik talablarni ta’minlash, sohadagi muammolarga amaliy yondashuvlar haqida fikr almashildi.

07/10/2026

Maxsustrans qaysi hududlardan chiqindilarni olib chiqadi?

“Maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasi” Davlat korxonasi o‘zining vakolati va belgilangan xizmat vazifalari doirasida quyidagi hududlardan maishiy chiqindilarni yig‘ib, olib chiqib ketish xizmatlarini amalga oshiradi:

1. Mahalla ko‘chalari
2.Markaziy ko‘chalar
3.Chiqindi yig‘ish maydonchalari
4. Ijtimoiy obyektlar - maktablar, bolalar bog‘chalari va boshqa muassasalar
5. Tashkilotlar va korxonalar (shartnoma bo‘yicha)
6. Umumiy ovqatlanish obyektlari (shartnoma asosida)

Muhim: chiqindilarni to‘plash va olib chiqish hududni tozalash va obodonlashtirish ishlarini bajarishni anglatmaydi.
Xususan, ko‘chalarni tozalash va supurish, bekatlarda, bozorlarda va suv havzalarida chiqindilarni yig‘ish "Maxsustrans" tomonidan belgilangan xizmatlar ro‘yxatiga kiritilmagan.

30/09/2026

Jismoniy va yuridik shaxslar diqqatiga!!

Chiqindilar bilan bog‘liq murojaatlarni tezkor hal etish va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida "Maxsustrans" korxonasi tomonidan yangi Telegram guruhi ishga tushirildi. Guruhda o‘z tumaningizni tanlab, murojaat qoldirishingiz va mas’ul shaxslar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishingiz mumkin. Yangiliklar, xizmatlar va murojaatlarni hal qilish - endi bir joyda! Guruhga qo‘shilish uchun QR-koddan foydalaning.

23/09/2026

KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA!

"Maxsustrans" tizimida ham korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilmoqda. Chiqindilarni olib chiqish, xizmat ko‘rsatish va to‘lov tizimida shaffoflikni ta’minlash asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi. Har bir xodim o‘z faoliyatida qonuniylikka rioya qilishi va xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘ymasligi shart. Korrupsiya holatlariga duch kelsangiz: befarq bo‘lmang, belgilangan tartibda bizga murojaat qiling!

18/09/2026

Вопросы отходов в нашей стране: сегодняшнее состояние и современные решения.

На очередной сессии дискуссионного клуба "Олам," организованного по инициативе Экологической партии Узбекистана, обсуждалась тема "Вопросы отходов в нашей стране: сегодняшнее состояние и современные решения." На сессии состоялся обмен мнениями по вопросам текущего состояния существующих полигонов отходов, их соответствия санитарным и экологическим требованиям, поэтапного сокращения полигонов, направления отходов, которые могут быть переработаны, на соответствующие предприятия, а также внедрения технологий производства энергии из отходов.

16/09/2026

Senat ishchi guruhi "Maxsustrans-ICHB" DUK faoliyatini o‘rgandi

Bugun Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi A.To‘ychiyev boshchiligidagi ishchi guruh "Maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasi" davlat unitar korxonasi faoliyatini o‘rgandi. O‘rganish davomida boshqarma bosh inspektori I.Sagdullayev ishtirokida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketishni tashkil etish, korxonaning mavjud infratuzilmasi, moddiy-texnik bazasi holati, shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan sanitariya-tozalash xizmatlari sifati yuzasidan fikr almashildi. Xususan, ishchi guruh vakillari Yakkasaroy chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi hamda Sergeli tumanidagi №18 chiqindi maydonchasining joriy holati bilan tanishdi.

Obyektlarga tashrif doirasida ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish, chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ish va olib chiqish, sanitariya va ekologiya talablariga rioya qilish, uskunalar va konteynerlarning texnik holati, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligi masalalari ko‘rib chiqildi. Korxonaning moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, ixtisoslashtirilgan texnika va konteynerlar parkini bosqichma-bosqich yangilash, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari infratuzilmasini modernizatsiya qilish, nazorat va hisobga olishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish zarurligi muhokama qilindi.

Bundan tashqari, muhokama davomida maishiy chiqindilarni olib chiqish tizimining iqtisodiy barqarorligi masalalari ko‘rib chiqildi. Xizmatlarning haqiqiy tannarxini, yonilg‘i-moylash materiallari, ehtiyot qismlar, mehnatga haq to‘lash, texnik xizmat ko‘rsatish va ixtisoslashtirilgan texnikadan foydalanish xarajatlarini, shuningdek, asosiy ishlab chiqarish resurslari narxlarining o‘zgarishini hisobga olgan holda amaldagi tariflarni takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha tomonlar tizimdagi mavjud muammoli masalalar va ularni hal etish yo‘llarini muhokama qildilar. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish, korxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sanitariya-tozalash xizmatlari sifatini oshirish va sohaning barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan tegishli takliflarni tayyorlash va Oliy Majlis Senatiga kiritishga kelishib olindi.

14/09/2026

Diqqat e’lon

Fuqarolarni sayyor qabul qilish jadvaliga muvofiq, "Maxsustrans" DUK rahbariyati tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi. Tadbir aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish va hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishga qaratilgan.

O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 15-sentyabr

Vaqt: soat 16:00 dan 17:00 gacha

O‘tkazish joyi: Sergeli tumani, "Ezgulik" MFY binosi.

Aholini sayyor qabulda ishtirok etishga va o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflar bilan murojaat qilishga taklif etamiz. "MU Maxsustrans" DUK fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda.

Faktlar va raqamlar

1 020 000
Tonna
Oylik olib chiqilgan maishiy qattiq chiqindilar
12
Tumanlar
Xizmat ko‘rsatiladigan hududlar (Toshkent shahri)
250
Dona
Zamonaviy avtoparkning ixtisoslashtirilgan texnikasi
20
Yil
Tajriba

Hamkorlarimiz

Asosiy faoliyat ko‘rsatkichlari

2019 yil

1 200 000

Chiqindi tonnalari

2020 yil

75 000

Konteynerlar

2021 yil

850 000

Hududlarni tozalash

2022 yil

300

Maxsus texnika birliklari

Virtual qabulxona






    Korxona haqida

    • Biz haqimizda
    • Faoliyatning huquqiy asoslari
    • Tuzilma
    • Rahbariyat
    • Bo‘ysunuvchi korxonalar va filiallar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Qabul kunlari
    • Kasaba uyushmasi
    • Poligon haqida
    • Texnika

    Matbuot

    • Yangiliklar
    • Фотогаларея
    • Videogalereya
    • Savollar va javoblar

    Loyihalar

    • Auditorlik hisobotlari
    • Loyiha hujjatlari
    • Loyiha xaridlari
    • Tanlov natijalari haqida ma’lumot
    • АБР Loyiha
    • Doimiy hisobotlar
    • Tender savdolari

    Полезные ссылки

    • My gov
    • LEX UX
    • Sanitation
    • President Uz

    Ochiq ma'lumotlar

    • Ish rejasi
    • Shartnoma
    • Xizmat avtomobillari
    • Tender komissiyasi tarkibi
    • Xizmat safarlari ro‘yxati
    • Murojaatlar tahlili
    • Sayyor qabullar
    Aloqa
    • Диспетчер (24/7): +998 (71) 247-02-11
      Абонентский: +998 (71) 247-25-99

    • Manzil
      Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Bekobod sanoat zonasi
    • Email
      maxsustrans@inbox.ru
    Instagram Telegram Youtube Facebook
    ГУП "МАХСУСТРАНС"
    Dushanba – Juma, 09:00–18:00
    Shaxsiy kabinet
    © 2026 DUK “Maxsustrans”. Barcha huquqlar himoyalangan.
    Sayt materiallaridan foydalanilganda manbaga havola qilish majburiy.
    ГУП "МАХСУСТРАНС"
    • Xizmatlar
    • Korxona haqida
      • Biz haqimizda
      • Faoliyatning huquqiy asoslari
      • Tuzilma
      • Rahbariyat
      • Bo‘ysunuvchi korxonalar va filiallar
      • Qamrab olingan mahallalar
      • Bo‘sh ish o‘rinlari
      • Qabul kunlari
      • Kasaba uyushmasi
      • Poligonlar haqida
      • Texnika
    • Matbuot
      • Yangiliklar
      • Fotogalereya
      • Videogalereya
      • Savollar va javoblar
    • Hujjatlar
      • O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 07.03.2025-yildagi O‘RQ-1044-son
      • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 589-sonli qarori (16.09.2025-y.)
      • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-149-sonli Farmoni (26.09.2024-y.)
      • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5-sonli Farmoni (04.01.2024-y.)
      • Toshkent shahar hokimining qarori (04.01.2024-yildagi 3-14-0-Q/24-son)
      • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4925-sonli qarori (15.12.2020 y.)
      • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4291-son qarori
      • Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida 06.02.2019 yildagi 95-son Qarori
      • Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.10.2018 yildagi 787-son
    • Loyihalar
      • Auditorlik hisobotlari
      • Loyiha hujjatlari
      • Loyiha xaridlari
      • Tanlov natijalari haqida ma’lumot
      • АБР Loyiha
      • Doimiy hisobotlar
      • Tender savdolari
    • Ochiq ma'lumotlar
      • Ish rejasi
      • Shartnoma
      • Xizmat avtomobillari
      • Tender komissiyasi tarkibi
      • Xizmat safarlari ro‘yxati
      • Murojaatlar tahlili
      • Sayyor qabullar
      • Korrupsiyaga qarshi kurashish chora tadbirlari
    • Aloqa
    Instagram Telegram Youtube Facebook
    Ko‘zi ojizlar uchun versiya
    Tarif QQS bilan 8,400 so'm