Avvalroq ishlatilgan batareyalar va ularning tarkibidagi zaharli moddalar qanchalik xavfli ekanligi haqida ma’lumot bergan edik. Hozirgi vaqtda chiqindilarni to‘plash va xavfsiz utilizatsiya qilish uchun konteyner maydonchalarida maxsus alohida konteynerlar o‘rnatilgan. Fuqarolardan ushbu muammoga befarq bo‘lmaslikni so‘raymiz: uyingizda hosil bo‘layotgan chiqindilarni saralab, hech bo‘lmaganda xavfli chiqindilarni keyinchalik to‘g‘ri utilizatsiya qilish uchun ajratib oling. "Maxsustrans - ishlab chiqarish boshqarmasi" davlat korxonasi tasarrufidagi barcha konteyner maydonchalarida ishlatilgan batareyalar va lampalar uchun alohida idishlar o‘rnatilgan.
Bu chiqindilar alohida utilizatsiya qilinadi, bu esa suv va tuproq ifloslanishining oldini olishda muhim qadamdir. Kichik odatlar katta o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Batareyalar va lampalar kabi xavfli chiqindilarni alohida yig‘ish va to‘g‘ri utilizatsiya qilishga odatlanishingizni so‘raymiz.


