2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini oshirish konsepsiyasini 2025-2026 yillarda amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ning 56-bandi ijrosi doirasida joriy yilning 6 avgust kuni Farhod mahallasi hududida "Mahallani chiqindilardan xoli hududga aylantiramiz" shiori ostida ekologik aksiya o‘tkazildi.
Tadbir davomida hududda sanitar tozalash ishlari amalga oshirilib, 1 tonnaga yaqin maishiy chiqindilar yig‘ib olib chiqildi. Ushbu aksiyani o‘tkazish sanitariya-ekologik vaziyatni yaxshilash, aholining ekologik madaniyatini oshirish va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga qaratilgan.

