Hududlarning sanitariya va ekologik osoyishtaligini ta’minlash tadbirlari doirasida Yunusobod tumani "Yangibog‘" mahallasida navbatdagi hashar o‘tkazildi. Obodonlashtirish xodimlari bilan hamkorlikda hududni tozalash ishlari tashkil etilib, quruq shox-shabbalar va o‘simlik qoldiqlari yig‘ib olib ketildi. Bunday tadbirlarning o‘tkazilishi mahallalar hududida tozalik va tartibni saqlashga, ularning sanitariya holatini yaxshilashga hamda aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
Poytaxt hududlarini obodonlashtirish va sanitar tozalash ishlari davom etmoqda.

