Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimiz bo‘ylab yashil hududlarni kengaytirish, ekologik vaziyatni yaxshilash va tabiatni asrab-avaylash madaniyatini shakllantirishga qaratilgan "Yashil makon" umummilliy ekologik harakati davom etmoqda. Kuni kecha Toshkent shahrining Yangihayot tumani Mirzo Tursunzoda ko‘chasida bir qator tashkilotlar ishtirokida 5 ming tupga yaqin daraxt ko‘chati ekildi.
Ushbu xayrli tashabbusni amalga oshirishda "Maxsustrans" DUK jamoasi ham o‘z hissasini qo‘shib, hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etdi. Bunday tadbirlar poytaxtda ekologik vaziyatni yaxshilash, qulay shahar muhitini yaratish va atrof-muhitni muhofaza qilish loyihalarida jamoatchilik ishtirokini kuchaytirishga xizmat qiladi.

