Toshkent shahrining Uchtepa tumanida "Belissimo" umumiy ovqatlanish shoxobchasi xodimlari o‘z faoliyati davomida hosil bo‘lgan chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlab yuborgan. Mazkur holat Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi Uchtepa tumani bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan o‘rganildi. Tekshiruv natijasida huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va jarima belgilandi. Umid qilamizki, bunday javobgarlik choralari aholining ekologik madaniyatini oshirishga va chiqindilar bilan bog‘liq qoidalarga rioya qilishga yanada mas’uliyatli munosabatda bo‘lishga yordam beradi.
