Ayni paytda Toshkent shahri hududida 1062 ta maishiy chiqindilarni yig‘ish maydonchalari faoliyat yuritmoqda. Har bir maydonga mas’ul xodimlar biriktirilgan bo‘lib, ular hududni muntazam ravishda tozalash, tegishli sanitariya holatini saqlash va chiqindilarni joylashtirishda tartibga rioya etilishini nazorat qilishni ta’minlaydilar.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik bayrami arafasida chiqindi to‘plash maydonchalarida sanitariya-tozalash va obodonlashtirish tadbirlarini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, maydonchalar va ularga tutash hududlarning sanitariya holati mas’ul xizmatlar tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi. Kamchiliklar aniqlanganda ularni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘riladi. Kompleks ishlar bayram kunlari chiqindi yig‘ish maydonlari va uning atrofidagi hududlarni toza va tartibli saqlash, poytaxt aholisi uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan.


