O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2025-yilda Qurbon hayiti 6-iyun, juma kuni nishonlanishini ma’lum qildi. Qurbon hayiti islom olamidagi eng mo‘tabar va ahamiyatli bayramlardan biri bo‘lib, mehr-shafqat, o‘zaro yordam va ma’naviy birlikni ifodalaydi. Ushbu qutlug‘ kunlarda dindorlar bayram namozini o‘qiydilar, muhtojlarga yordam ko‘rsatadilar, qarindosh-urug‘lari va yaqinlaridan xabar oladilar, keksalarga g‘amxo‘rlik qiladilar va yaxshi qo‘shnichilik an’analarini mustahkamlaydilar.
