Ayni paytda poytaxtimizdagi "O‘zekspomarkaz" ko‘rgazmalar majmuasida fuqarolar sayyor qabuli o‘tkazilmoqda. Tadbirda "Maxsustrans" DUK ishchi guruhi ishtirok etib, korxona faoliyati va shaharni sanitar tozalash sohasi bilan bog‘liq aholi murojaatlarini qabul qilmoqda. Qabul davomida korxona vakillari fuqarolarning maishiy chiqindilarni olib chiqish, hududlarning sanitariya holati va ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifati bilan bog‘liq muammolari, taklif va tashabbuslarini diqqat bilan tinglamoqda. Har bir murojaat bo‘yicha tegishli tushuntirishlar beriladi, shuningdek, belgilangan masalalarni hal etishning konstruktiv yo‘llari taklif etiladi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar keyingi ko‘rib chiqish va tezkor munosabat bildirish uchun nazoratga olinadi.

