Farg‘ona viloyatida chiqindilarni termik qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy zavod qurish loyihasini amalga oshirish boshlandi. Loyiha "China Everbright International" MCHJ kompaniyasi ishtirokida 141,5 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb qilgan holda amalga oshirilmoqda. Loyihaning asosiy parametrlari:
▪️ Kuniga 1500 tonnagacha chiqindini qayta ishlash
Yillik quvvati - 547 000 tonnagacha chiqindi
Yiliga 227,5 million kVt/soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqarish
Loyihaning amalga oshirilishi nafaqat katta hajmdagi chiqindilarni samarali utilizatsiya qilish, balki ekologik toza texnologiyalar va "yashil iqtisodiyot"ni rivojlantirishga hissa qo‘shib, muqobil elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi.


