"Maxsustrans - ishlab chiqarish boshqarmasi" davlat unitar korxonasi Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan har yili Qurbon va Hayit bayramlari, Mustaqillik kuni va Yangi yil bayrami arafasida bayram sovg‘alarini topshirish an’anasi o‘tkaziladi. Ushbu tashabbus jamoada g‘amxo‘rlik, insonparvarlik va o‘zaro yordam ruhini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ushbu an’ananing davomi sifatida kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan tizimda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj 100 nafar xodimga oziq-ovqat to‘plamlari va bolalarga bayram sovg‘alari topshirildi. Bundan tashqari, avtotransport shoxobchalarida ishlash vaqtida jarohat olgan va hozirda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olayotgan 11 nafar sobiq xodimga ham oziq-ovqat to‘plamlari topshirildi. Bunday e’tibor ularning mehnati va doimiy qo‘llab-quvvatlanishi e’tirof etilganining yaqqol tasdig‘idir.



