Toshkent shahar Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi rahbariyati Agentlik mas’ul vakillari bilan birgalikda "Maxsustrans" davlat korxonasining Yunusobod, Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida joylashgan filiallari faoliyatini kompleks sayyor tekshiruvdan o‘tkazdi. O‘rganish davomida joylarda ishlarni tashkil etishning joriy holati, ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligi, shuningdek, aholidan kelib tushayotgan fuqarolar murojaatlariga alohida e’tibor qaratildi. Ishchi guruh vakillari soha xodimlari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib, mavjud muammolar va ularni tezkor hal etish yo‘llarini muhokama qildilar.
Bundan tashqari, lizing shartnomalari asosida berilgan maxsus texnikalarning holati tekshirildi. Uning texnik sozligi, foydalanish darajasi va sanitariya-tozalash ishlarini uzluksiz bajarish uchun belgilangan talablarga muvofiqligi baholandi.

