"Maxsustrans" jamoasi mamlakatimizdagi barcha fuqarolarni mustaqillik va milliy g‘ururning asosiy ramzlaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi. Davlat bayrog‘i suverenitet, xalq birligi, mamlakatdagi tinchlik va barqarorlik timsolidir. U fuqarolarni bunyodkorlik mehnatiga ruhlantiradi, vatanparvarlik va Vatan kelajagi uchun mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlaydi.
Ushbu qutlug‘ kun bizga milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, jamiyat birligini mustahkamlash va har bir fuqaroning mamlakatimiz taraqqiyoti va farovonligiga qo‘shadigan hissasini yanada oshirish muhimligini eslatadi. Milliy bayrog‘imiz doimo O‘zbekistonning tinch osmoni, farovonligi va ishonchli taraqqiyotining ramzi bo‘lib, barchamizga Vatan yo‘lidagi mehnatda yangi kuch va ilhom baxsh etsin.
