Oyning boshlanishi ko‘plab aholi uchun ish haqi va pensiya olish quvonchi hisoblanadi. Ushbu quvonchning bir qismi shahrimizni toza va obod saqlashga yo‘naltirilsa nur ustiga a'lo nur bo'lar edi.
Maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmati uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish nafaqat iste’molchilarning majburiyati, balki poytaxt ko‘chalarida tartib va tozalikni ta’minlash yo‘lida har kuni mehnat qilayotgan sanitariya xizmati xodimlari uchun ham muhim ko‘makdir. To‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilishi natijasida soha korxonalarining barqaror ishlashi, xodimlarga ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi hamda aholiga uzluksiz xizmat ko‘rsatilishi ta’minlanmoqda.
