Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari U.T.Mamarajabov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim katta prokurori A.Esanov hamda Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Yakkasaroy tumani davlat inspektorlari bilan hamkorlikda Yakkasaroy tumanidagi chiqindilarni qayta yuklash stansiyasida o‘rganish va monitoring tadbirlari o‘tkazildi.
Ishchi guruh tashrifi davomida obyektdagi mavjud vaziyat, chiqindilarni to‘plash va qayta yuklash ishlarini tashkil etish holati, belgilangan sanitariya me’yorlari va ekologik talablarga rioya etilishi o‘rganildi. Chiqindilarni boshqarish tizimining samarali ishlashi, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va tuman hududida tegishli sanitariya tartibini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


