Ushbu infografikada qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlarga oid eng dolzarb savollarga javoblar keltirilgan. Bu yerda siz to‘lovlarni hisoblash tartibi, qarzdorlik yuzaga kelishining oqibatlari, amaldagi qonunchilik talablari, shuningdek, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishning ahamiyati haqida bilib olishingiz mumkin. Chiqindilarni olib chiqish xizmatlari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish sanitar tozalash tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash, shaharlarimizda tozalik va tartibni saqlash hamda har bir fuqaro uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish imkonini beradi. Unutmang: toza, xavfsiz va farovon atrof-muhit har birimizning mas’uliyatimizga bog‘liq. Xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshiring — toza va obod shaharda yashash bizning qo‘limizda!





