Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash guruhiga Sergeli tumani aholisidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda yoqimsiz hid tarqatib, atrof-muhitni ifloslantirayotgan va yaqin atrofdagi aholi salomatligiga zarar yetkazayotgan noqonuniy chiqindi to‘plash joyi paydo bo‘lgani haqida xabar berilgan.
Shundan so‘ng zudlik bilan "Sergeli-Maxsustrans" xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilib, zudlik bilan ko‘rsatilgan manzilga jo‘nab ketgan. Holat joyida o‘rganilib, noqonuniy to‘plangan chiqindilar to‘liq olib ketilgan va muammo tezkorlik bilan bartaraf etilgan. Hurmatli aholi, agar siz bunday holatlarga duch kelsangiz, befarq bo‘lmasdan xabar berishingizni so‘raymiz. Har bir murojaat e’tiborda!


