Aholi turmush darajasining oshishi va maishiy sharoitlarining yaxshilanishi, afsuski, maishiy chiqindilar hajmining yil sayin ortib borishiga olib kelmoqda. Aholidan hosil bo‘ladigan chiqindilarning to‘planib qolishi ko‘pincha fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida tizimda ikki grafik - kunduzgi va tungi rejimlar bo‘yicha ish tashkil etilgan.
Lekin, afsuski, ba’zi aholi vakillari kechki payt bajarilayotgan ishning murakkabligi va ahamiyatini hisobga olmasdan, texnikaning ishidan norozilik bildirish holatlari ham uchrab turibdi. Hurmatli fuqarolar! Shahrimiz ozodaligi yo‘lida tunu kun mehnat qilayotgan xodimlar noqulaylik tug‘dirish uchun emas, balki har kuni tongda siz toza, chiqindisiz ko‘chalarni ko‘rishingiz uchun mehnat qilmoqdalar.
