"Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida Bektemir tumani "Gulbog‘" mahallasida tuman hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi va "Maxsustrans" DUK vakillari ishtirokida hashar o‘tkazildi. Tadbir davomida mahalla hududini sanitar tozalash ishlari amalga oshirildi. To‘planib qolgan maishiy va boshqa chiqindilar "Maxsustrans" DUKning ixtisoslashtirilgan texnikasi yordamida yig‘ib olindi va o‘z vaqtida olib chiqib ketildi, bu esa hududning sanitariya holatini yaxshilash va jamoat joylarining tozaligini ta’minlash imkonini berdi. Bunday hasharlar "Dolzarb 40 kunlik" doirasida poytaxtning barcha tumanlarida qulay ekologik muhitni saqlash, obodonlashtirish darajasini oshirish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida tizimli ravishda o‘tkazilmoqda.



