📍 Mirobod tumani, "Chinor" MFY
"Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida tuman hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi va "Maxsustrans" DUK hamkorligida mahalla hududida hashar tashkil etildi. Ishlar davomida hudud maishiy va boshqa chiqindilardan tozalanib, atrof-muhitning sanitariya holatini yaxshilash choralari ko‘rildi. Poytaxtda tozalik, obodonchilikni ta’minlash, aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

