Oddiy maishiy chiqindilarga tushganda batareya korpusi harorat va tashqi omillar ta’sirida yemirila boshlaydi, natijada atrof-muhitga kadmiy, simob, nikel, rux va boshqa og‘ir metallar kabi zaharli moddalar ajralib chiqadi. Ushbu metallar ekotizim, inson salomatligi va tabiiy resurslarga jiddiy xavf tug‘diradi. Ular tuproq va suvda to‘planib, oziq-ovqat zanjirlariga kirib, atrof-muhit va aholi salomatligi uchun uzoq muddatli salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Agar siz tabiatni zararli toksinlardan himoya qilishga o‘z hissangizni qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, ishlatilgan batareya va akkumulyatorlarni maishiy chiqindilar bilan birga tashlab yubormang. Ularni alohida to‘plang va "batareykalar.uz" loyihasining ixtisoslashtirilgan qabul punktlariga topshiring. Ishlatilgan batareyalarni batareykalar.uz loyihasi orqali topshirish mumkin.
