2025-yil davomida "Maxsustrans - Ishlab chiqarish boshqarmasi" DUK va Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun jismoniy shaxslarning debitorlik qarzlarini undirish bo‘yicha tizimli va manzilli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida abonentlarni qarzdorlik mavjudligi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, aholi bilan tushuntirish ishlarini olib borish, shuningdek, to‘lov masalalarini qonunchilikda belgilangan tartibda tartibga solish choralari ko‘rildi. Hisobot davrida to‘lov intizomini oshirish va aholining debitorlik qarzlarini kamaytirishga qaratilgan qo‘shma chora-tadbirlar doirasida quyidagi natijalarga erishildi:
22 mingdan ortiq ijro ishi yuritish va materiallar o‘rganildi; Jami 16,6 mlrd so‘mlik qarzdorlik aniqlangan; Amalda 13,3 mlrd so‘m undirilgan.


