Plogging (ingl. plogging) - bu turli xil, asosan plastik chiqindilarni yig‘ish bilan birga ma’lum bir masofaga yugurish.Toshkentda ommaviy plogginglar o‘tkazish orqali atrof-muhitni toza saqlash an’anasi ham keng tarqalmoqda. Navbatdagi plogging 2025-yil 19-aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tadi va unda ishtirok etish mutlaqo bepul. Ishtirokchilarga ish qo‘lqoplari, boshqa zarur buyumlar va qahva beriladi. Shuningdek, faol ishtirokchilarga Siberian Welness kompaniyasining sovg‘alari topshiriladi.
To‘liq ma’lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi havolani bosing: @tashkentploggers
