O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Olam" munozara klubining navbatdagi sessiyasida "Mamlakatimizda chiqindilar masalasi: bugungi holati va zamonaviy yechimlar" mavzusi muhokama qilindi. Sessiyada mavjud chiqindi poligonlarining hozirgi holati, ularning sanitariya va ekologik talablarga muvofiqligi, poligonlarni bosqichma-bosqich qisqartirish, qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan chiqindilarni tegishli korxonalarga yo‘naltirish hamda chiqindilardan energiya ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

