"Maxsustrans" xodimlari har kuni, dam olish kunlarisiz, yil fasllari va ob-havo sharoitlaridan qat’i nazar, uylaringiz va ko‘chalaringizdagi chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ib, olib chiqib ketishadi.
Bu insofli, kamtar va mas’uliyatli insonlarning mehnati aholi va tashkilotlardan kelib tushadigan to‘lovlar hisobiga baholanmoqda. O‘z vaqtida amalga oshirgan har bir to‘lovingiz ularning mehnatiga berilgan munosib baho va oilalari uchun muhim daromad manbaidir.
