O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan e’lon qilingan "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida poytaxtda sanitariya tartibini ta’minlash va hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha kompleks ishlar davom ettirilmoqda. O‘tkazilayotgan tadbirlarni tizimli o‘rganish va nazorat qilish maqsadida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan shaharning har bir tumaniga mas’ul vakillar biriktirildi.
Xususan, "Yakkasaroy Maxsustrans" ATF rahbariyati va Toshkent shahar chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi bilan hamkorlikda Bog‘ibo‘ston ko‘chasidagi ishlar monitoringi o‘tkazildi. O‘rganish davomida asosiy e’tibor hududning sanitariya holati, chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ish va olib chiqib ketish, shuningdek, bajarilayotgan ishlarning sifatiga qaratildi. Bayram kunlari arafasida poytaxtimiz hududlarini tozalash, obodonlashtirish va zarur sanitariya holatini saqlash bo‘yicha amaliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.


