O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining chiqindilarni qayta ishlash va ulardan energiya manbalarini olishga asoslangan zamonaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlariga muvofiq, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori va Xitoy Xalq Respublikasining "Beijing China Science Runyu Environmental Technology (CSET) " kompaniyasi rahbari o‘rtasida chiqindilarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Loyiha doirasida xorijiy hamkorlar tomonidan 80 million AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan bo‘lib, korxona 30 yil davomida faoliyat yuritadi. Loyiha yiliga 274 ming tonna qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lib, buning natijasida 80 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Loyiha to‘liq ishga tushgach, viloyatda 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
