Bayram tadbirlari arafasida Yakkasaroy tumanida hududlarda tozalik va sanitariya tartibini ta’minlash ishlari kuchaytirildi. "Yakkasaroy Maxsustrans" ATF rahbari M.Mirsodiqov Toshkent shahar chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi vakili Sh.Buzruxo‘jayev bilan birgalikda sanitariya tozalash ishlarining borishi va sifatini nazorat qiladi.
Monitoring davomida hududlarning sanitariya holati, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ish va olib chiqib ketish, maxsus texnikalarning ish jadvaliga rioya etilishi, shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish hamda bayram arafasida sanitar tozalash tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi. Hududlarni tozalash va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.


