Ekologik xavfsizlikni ta’minlash va tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari doirasida 2025-yil davomida respublika bo‘yicha 10 199 ta ekologik huquqbuzarlik holatlari aniqlangan. O‘tkazilgan tekshiruvlar natijalariga ko‘ra:
2 421 ta holatda huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanilib, jarima sanksiyalari qo‘llanildi;
Qolgan 7 778 ta huquqbuzarlik holatlari yuzasidan tegishli tartib-taomillar amalga oshirilib, qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.
Aniqlangan qoidabuzarliklarning aksariyati chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash, noqonuniy chiqindixonalar hosil qilish va ekologik qonunchilik talablariga rioya qilmaslik bilan bog‘liq.
