"Mahallada obodonlashtirish va mehr-oqibat oyligi" va "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida ekologik inspektorlar tomonidan chiqindilar bilan bog‘liq qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytirilmoqda. Xususan, qurilish, maishiy va boshqa turdagi chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlagan fuqarolarga nisbatan ma’muriy ta’sir choralari ko‘rilib, tegishli jarimalar solinadi. Bunday chora-tadbirlar tabiiy chiqindixonalar hosil bo‘lishining oldini olish, sanitariya tartibini ta’minlash va hududlarning ekologik tozaligini saqlashga qaratilgan. Eslatib o‘tamiz: chiqindilarni faqat maxsus belgilangan joylarga tashlash lozim.


