"Mahallada obodonlashtirish va mehr-muruvvat oyligi" va "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida shahar hududida sanitariya me’yorlari va chiqindilar bilan bog‘liq qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytirilgan holda davom ettirilmoqda. Qurilish, maishiy va boshqa turdagi chiqindilarni belgilanmagan joylarga to‘plash holatlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Reyd tadbirlari davomida mutaxassislar qoidabuzarlarni aniqlab, chiqindilarni noqonuniy joylashtirish holatlarini qayd etmoqda va amaldagi qonunchilik doirasida tegishli choralar ko‘rmoqda.
Fuqarolarga eslatib o‘tiladi: chiqindilarni maxsus ajratilgan joylardan tashqariga tashlash nafaqat hududning sanitariya va ekologik holatini yomonlashtiradi, balki aholi uchun noqulayliklar tug‘diradi, atrof-muhitga zarar yetkazadi va tabiiy chiqindixonalarni shakllantiradi. Aniqlangan holatlar bo‘yicha huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilib, jarima sanksiyalari qo‘llanilmoqda. Shahar tozaligi har bir kishining mas’uliyatiga bog‘liq. Chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamang — obodonlashtirish qoidalariga rioya qiling va atrof-muhitni asrang!

