Bugun Respublika sog‘lomlashtirish markazi mutaxassislari Z. Mamanov va G.Tursunboyev ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan siyosatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida xodimlarning o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish hamda sog‘lom turmush madaniyatini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilarga salomatlikni saqlash va mustahkamlash uchun to‘g‘ri va muvozanatli ovqatlanish, muntazam jismoniy faollik, zararli odatlardan voz kechish va sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga rioya qilishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv yakunida sog‘lom va faol turmush tarzini ommalashtirish har bir insonning o‘z salomatligi va farovonligi uchun mas’uliyatini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.



