Katta hajmdagi chiqindilar (eski divan, shkaf, muzlatgich, kir yuvish mashinasi va boshqa buyumlar) oddiy chiqindi yig‘ish texnikasi bilan olib ketilmaydi. Ular maxsus texnikalarda alohida shartnoma asosida olib chiqilishi lozim.
Agar bu turdagi chiqindilar oddiy chiqindilar bilan aralashtirilsa, quyidagi oqibatlarga olib keladi:
Chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan texnikaning ishdan chiqishi;
Hududning sanitariya holatini buzish;
Atrof-muhit va aholi sog‘lig‘iga zarar yetkazish.
Yodda tuting! Tozalikka befarqlik nafaqat qoidalarni buzish, balki atrofdagilarga nisbatan hurmatsizlikdir.
