Yangi o‘quv yili arafasida poytaxtdagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida keng ko‘lamli tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ixtisoslashtirilgan texnikalar yordamida to‘planib qolgan chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilmoqda va atrofdagi hududlar sanitariya holatiga keltirilmoqda. Asosiy maqsad — bolalar uchun toza, qulay va xavfsiz muhit yaratish, yangi o‘quv yilini qulay sharoitlarda boshlashdir.



