"Maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasi" Davlat korxonasida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan boshqaruv apparati va barcha tuman filiallarida 9-10-may dam olish kunlari deb e’lon qilinganligini ma’lum qilamiz.
2026-yil 11-maydan boshlab boshqarma va uning filiallari odatdagi ish rejimida o‘z faoliyatini davom ettiradi.
Shu bilan birga, bayram va dam olish kunlarida korxonaning ixtisoslashtirilgan texnikalari tasdiqlangan jadvalga muvofiq chiqindilarni olib chiqib ketishni amalga oshiradi.
