Ijtimoiy tarmoqlarda qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun tariflar oshirilgani haqida norasmiy ma’lumotlar tarqalmoqda. "Maxsustrans" davlat korxonasi Ishlab chiqarish boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi: Toshkent shahar hokimining 2024-yil 4-yanvardagi qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslar uchun qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqishning majburiy tarifi bir kishi uchun 7 500 so‘m etib belgilangan.
2024 yil 1 apreldan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) 12 foiz miqdorida hisoblanishi munosabati bilan tarif 8 400 so‘mni tashkil etadi. Fuqarolardan ma’lumotlarni faqat rasmiy manbalardan olishni va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan noto‘g‘ri xabarlarga ishonmaslikni so‘raymiz. Ishonchli axborot — kommunal xizmatlar ko‘rsatish tizimida ishonch, barqarorlik va shaffoflikning asosidir.
