"O‘zbekiston bunyodkori" gazetasining navbatdagi sonida "Maxsustrans – Ishlab chiqarish boshqarmasi" davlat korxonasi faoliyatiga bag‘ishlangan maqola chop etildi.
Materialda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish, zamonaviy texnologiyalar va raqamli yechimlarni joriy etish, shuningdek, poytaxtning sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar batafsil yoritilgan. Maqolada ekologik xavfsizlik, aholi o‘rtasida chiqindilarni boshqarish madaniyatini rivojlantirish va tarmoq infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarga alohida e’tibor qaratilgan. Mamlakatimizning yetakchi ijtimoiy-siyosiy nashrlaridan birida maqola e’lon qilinishi korxona faoliyatiga bo‘lgan e’tiborning, shaharning tozaligi, obodonligi va ekologik farovonligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning muhimligidan dalolatdir.
Korxonamiz faoliyatiga qiziqish bildirgani va sohadagi dolzarb masalalarni xolis yoritgani uchun "O‘zbekiston bunyodkori" gazetasi tahririyatiga minnatdorchilik bildiramiz.
