Plastikning to‘liq parchalanishi taxminan 450 yil davom etadi. Plastikning ba’zi turlari umuman yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki vaqt o‘tishi bilan atrof-muhit uchun yanada xavfli bo‘lgan mikroplastikka parchalanadi. Har yili okeanlarga taxminan 11 million tonna plastmassa tushadi. Bu esa dengiz jonzotlariga jiddiy xavf tug‘diradi va ularning tabiiy yashash muhitini ifloslantiradi. O‘rtacha bir kishi o‘z hayoti davomida 600 kg atrofida plastikdan foydalanadi.
Ushbu raqamlar plastikdan foydalanishga mas’uliyat bilan yondashish qanchalik muhimligini yaqqol ko‘rsatadi. Har bir tanlovimiz sayyoramiz va kelajak avlodlar salomatligi uchun muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun: bir martalik plastikdan voz kechish, ko‘p marta ishlatiladigan va ekologik toza mahsulotlardan foydalanish, chiqindilarni to‘g‘ri saralash tavsiya etiladi.
