"Mahalla obodlik va mehr-saxovat oyligi" hamda "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida korxonaning tuman filiallarida navbatdagi smenaoldi yig‘ilishlari o‘tkazildi. Yig‘ilishlar davomida xodimlarga obodonlashtirish ishlari va ommaviy hasharlarda uyushqoqlik bilan faol ishtirok etish, mehnat intizomiga, mehnatni muhofaza qilish talablariga qat’iy rioya qilish va xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarish zarurligi tushuntirildi.
Bundan tashqari, yo‘lga chiqishdan oldin maxsus texnikalarning texnik holati, ularning sozligi va uzluksiz ishlashga tayyorligi sinchiklab tekshirildi. Bunday tadbirlar sanitariya xizmatlarining barqaror ishlashini ta’minlash, chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari sifatini oshirish, poytaxtni toza va obod saqlashga xizmat qiladi.



