Ushbu hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Ramazon hayitining birinchi kuni 30-mart, yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi.Shu munosabat bilan 2025-yil 30-mart kuni mamlakatda rasman Ramazon hayiti bayrami kuni deb e’lon qilindi. Ramazon hayiti ma’naviy poklik, mehr-oqibat, hamjihatlik va ezgu amallar ramzi bo‘lib, insonlarni ezgulik, o‘zaro tushunish va mehr-oqibatga intilishda birlashtiradi.
