"Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida Boshqarma rahbarining 19 avgustdagi farmoyishi ijro uchun qabul qilindi. № Farmoyishga muvofiq, poytaxtdagi barcha chiqindi yig‘ish maydonchalariga mas’ul xodimlar biriktirildi. Ayni paytda har bir maydonning holati kompleks tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.
Monitoring davomida maydonchalarning sanitariya va obodonlashtirish holati, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, tutash hududda tartibga rioya etilishi, shuningdek, bayram kunlariga tayyorgarlik holati baholanadi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha ularni bartaraf etish, maydonlarning sanitariya holatini ta’minlash va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda.



