Korxonamizda har bir inson qadrlanadi — egallab turgan lavozimidan qat’i nazar. Chunki har bir xodimning o‘z vazifasi, o‘z mas’uliyati va umumiy ishda muhim o‘rni bor. Chiqindilarni yuklash va yig‘ishni amalga oshiruvchi ishchidan tortib, butun tizimning barqaror ishlashini ta’minlovchi rahbariyatgacha — barchamiz yagona maqsad sari harakatlanamiz.
Maqsadimiz poytaxtni obodonlashtirish, aholi roziligini ta’minlash, shuningdek, mehnat jarayonida kasbiy shakllanish va tajriba orttirishdir. Har bir ish kuni fidoyilik, sabr-toqat va yuksak mas’uliyat muhitida o‘tadi.
Ushbu kunda jamoamizda sidqidildan mehnat qilayotgan barcha xodimlarni samimiy tabriklaymiz. O‘tayotgan yilni birgalikda - mehnat, ishonch va erishilgan natijalar bilan yakunlaymiz.
Yangi yilda yanada barqaror, samarali va natijali faoliyat, oldinga ishonch bilan harakat qilish va yagona jamoa bilan yangi cho‘qqilarni zabt etishni tilab qolamiz.
