Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allaberganova "Maxsustrans" korxonasining Yakkasaroy filialiga amaliy tashrif buyurdi.
Tashrif davomida har kuni shahar tozaligi haqida qayg‘uradigan haydovchi va yuk tashuvchilarning mashaqqatli va halol mehnati alohida e’tirof etildi. Bir guruh xodimlarga tuman hokimligi nomidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

