Muhtaram vatandoshlar!
O‘zingizni ekologik madaniyatli inson deb hisoblaysizmi? Chiqindilarni maxsus belgilangan joylarga tashlaysizmi yoki boshqacha yo‘l tutasizmi? Bu sohadagi huquq va majburiyatlaringizni qanchalik yaxshi bilasiz? Qonunchilik talablariga rioya qilyapsizmi? Unday bo‘lsa, albatta ekologik chellenjda ishtirok eting!
Ushbu chellenj yordamida biz: Aholi o‘rtasida qonunchilikka rioya etilishini qo‘llab-quvvatlaymiz; Jamoat joylarida tozalik madaniyatini targ‘ib qilamiz; Fuqarolarning ekologik ongini oshiramiz.
Eko-chellenjda ishtirok etish juda oson: Chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish bilan bog‘liq harakatlarni suratga yoki videoga oling - masalan, chiqindilarni o‘rnatilgan konteynerlarga tashlash yoki chiqindilarni kamaytirish choralarini ko‘rish; Materialni ijtimoiy tarmoqlarda #OzodaYurt xeshtegi bilan joylashtiring; Istasangiz, chellenjni kamida 3 ta do‘stingizga ulashing va ularni postda belgilang. Eko-chellenj 2025-yil 15-martda boshlangan. Eng kreativ va ommabop nashrlar mualliflari Adliya vazirligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi!
